
Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) Kursk oblastida o‘zining asosiy vazifasini bajardi — Rossiya qo‘shinlari kuchini frontning boshqa yo‘nalishlaridan chalg‘itdi. Bu haqda Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Ukraina prezidenti Kursk oblastidagi vaziyat «juda murakkab ekanini» tan oldi. Zelenskiyga ko‘ra, UQKning frontni mazkur hududidagi vaziyasi RF qo‘shinlarini Pokrovsk, Xarkiv va Sumi yo‘nalishidan chalg‘itish bo‘lgan.
«Kuchli zarbani zimmasiga olgan yigitlarimiz haqiqiy qahramonlardir. Birinchi bo‘lib bosim Xarkiv yo‘nalishida kamaydi. Ular [Rossiya] o‘z qo‘shinlarini maksimal darajada Kurshina tomon olib ketdi. Keyin ular sharqiy yo‘nalishdan ham qo‘shinlarni olib chiqishni boshladi, ammo o‘zining asosiy maqsadi – Pokrovskdan voz kechmadi. Biz bularning barchasini tushunardik. Faqat vaziyatni anglab turgan qat’iyatli odamlar qandaydir lahzada rossiyaliklar Pokrovsk yo‘nalishida to‘xtashini tushunib turardi. Aynan shunday bo‘ldi ham», — deydi Zelenskiy.
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, hozirda Pokrovsk va Xarkiv yo‘nalishlarida vaziyat «barqarorlashgan».
«Men ular [UQKning Kursk oblastidagi operatsiyasi] o‘z vazifasini bajarib bo‘ldi, deb hisoblayman. Pokrovsk yo‘nalishidagi vaziyat hozirda barqaror va unga hujum qilish uchun yana imkoniyat topish oson bo‘lmaydi, deb o‘ylayman», — deydi Zelenskiy.
UQK Kursk oblastidagi operatsiyasini 2024 yil avgustda boshlab, mintaqadagi bir nechta aholi punktini egallagan edi. Mart boshlaridan RF qo‘shinlari 20 dan ortiq aholi punktini nazorat ostiga oldi. Shu bilan birga, Rossiya hukumati Kursk oblastidagi ukrainalik harbiylar qurshovda qolganini ta’kidlamoqda. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp ham ma’lum qildi. UQK Bosh shtabi ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
O‘z navbatida Rossiya Trampning iltimosiga binoan Kursk oblastidagi ukrainalik harbiylarining hayotini saqlab qolishga tayyorligini, faqat Kiyev ularga taslim bo‘lishni buyurishi kerakligini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar