
Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko, kelasi yilda mamlakatda o‘rtacha oylik maoshni 500 dollarga chiqarishga hozirlik ko‘rish bo‘yicha hukumatga topshiriq berdi. Bu haqda "Kun" sayti yozmoqda.
Belarus milliy statistika qo‘mitasiga ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning uchinchi choragida respublika ishchilarining bir oylik o‘rtacha maoshi 743,6 belorus rublini tashkil etgan, bu rasmiy davlat kursi bo‘yicha 382,6 dollarni tashkil etadi.
"Kelasi yilda 500 dollarga etkazishga tayyorlaning", — deya Lukashenkoning so‘zlarini keltirgan matbuot xizmati. Prezident Mogilyov viloyatiga tashrifi chog‘ida shu haqda so‘z yuritgan.
Aleksandr Lukashenko, ish haqini oshirishda mehnat samaradorligini oshirish zarurligiga ham e’tibor qaratgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar