
UFCning sobiq chempioni Konor Makgregor yana o‘zining Irlandiya prezidenti bo‘lish niyati borligini X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
«Irlandiya, tanlov sening qo‘lingda, va bu juda oddiy. Meni prezidenting deb tanla va biz birgalikda Irlandiyani qutqaramiz», — deb yozdi Makgregor.
U yana bir postida Yevropa Ittifoqining 2024 yil may oyida tasdiqlangan migratsiya paktiga keskin tanqid bilan chiqdi. Ushbu hujjatga ko‘ra, mamlakatlar har yili belgilangan sonidagi migrantlarni qabul qilishi yoki ularni qabul qilgan qo‘shni davlatlarga mablag‘ to‘lashi lozim. Irlandiya ushbu majburiyatni 2026 yil 12 iyungacha bajarishi kerak. Makgregor esa bu masalani referendumga qo‘yish kerak, deb hisoblaydi.
«Mendan boshqa kim hukumatga qarshi chiqadi? Ular taqdim etgan har qanday nomzod hech qachon ularga qarshi chiqa olmaydi. Lekin men qila olaman! Agar men prezident bo‘lsam, bu qonun loyihasini referendumga qo‘ygan bo‘lardim. Men bu paktga keskin qarshi, lekin bu qaror mendan ham, hukumatdan ham mustaqil», — deb yozgan u.
Shu haftaning boshida Makgregor AQSH prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda uchrashdi. Brifing chog‘ida u Irlandiya hukumatini tanqid qilib, «hukumat xalqning ovozini sotdi va migrantlarga hududlardagi shaharlarini egallashga yo‘l qo‘yib berdi», dedi.
Irlandiya bosh vaziri Mixol Martin esa Makgregorning bayonotiga javoban «irland xalqi qarashlarini aks ettirmaydi», deya javob qaytardi.
Makgregor ilk bor 2024 yil sentyabrda prezidentlikka nomzod bo‘lish niyati borligini bildirgan edi. Irlandiyada prezidentlik saylovlari 2025 yil noyabrda bo‘lib o‘tadi. Hozirgi prezident — 83 yoshli Maykl Higgins.
Shu bilan birga, 2023 yil noyabrida sud Konor Makgregorni Dublin shahrida Nikita Hend ismli ayolni zo‘rlaganida aybdor, deb topgan va unga jabrlanuvchiga 248 ming yevrodan ortiq tovon to‘lash to‘g‘risida hukm chiqargan edi. Keyinchalik sud sportchini 1,5 mln yevro miqdorida qo‘shimcha kompensatsiya to‘lashga ham majbur qilgan — bu summa sud xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi.
Foto: thesun.ie “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar