
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiyadan urushni yakunlash bo‘yicha muzokaralarni tezroq boshlashni talab qildi. U bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi bayonoti orqali chiqish qildi.
“Rossiya harakatga o‘tishi kerak. Juda ko‘p odam o‘lyapti — har haftada minglab qurbonlar”, — deb yozdi Tramp.
Uitkoff — Putin muzokaralari arafasida
Ushbu bayonot Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiyaga yo‘l olib, Vladimir Putin bilan uchrashishdan biroz oldin e’lon qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, muzokaralarda sulh shartlari muhokama etilishi kutilmoqda. Uitkoff bungacha Rossiyaning xalqaro iqtisodiy aloqalar bo‘yicha vakili va To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev bilan ham uchrashgan.
Kreml rozi bo‘lmasa — sanksiyalar?
Axios nashri yozishicha, Tramp ma’muriyati Kremlni ogohlantirib, agar Rossiya sulhga ko‘nmasa, aprel oxiriga qadar yangi sanksiyalar joriy qilinishini ma’lum qilgan.
Shu bilan birga, Tramp Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarini: “Bema’ni va dahshatli urush”, — deb baholagan.
Mahbuslar almashinuvi ham amalga oshdi
11 aprel kuni Abu-Dabi shahrida AQSH va Rossiya rasmiylari mahbuslar almashinuvini o‘tkazdi. Unga ko‘ra:
- Rossiya Qo‘shma Shtatlar–Rossiya fuqarosi Kseniya Karelinani ozod qildi;
- AQSH esa 2023 yili Kiprda hibsga olingan, Germaniya va Rossiya fuqaroligiga ega Artur Petrovni ruslarga topshirdi.
Petrov — AQSHda ishlab chiqarilgan mikroelektronika vositalarini noqonuniy eksport qilishda gumonlanayotgan shaxs.
Tramp: “Uyga qaytganingdan xursandmiz”
Karelinaning minnatdorlik videosini Truth Social sahifasida e’lon qilgan Tramp shunday yozdi:
“Uyga qaytganingdan xursandmiz.”
Siz nima deb o‘ylaysiz — Trampning faol pozitsiyasi urushni yakunlashga yordam bera oladimi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!