
The New York Times nashrining yozishicha, Isroil rasmiylari 2024 yil may oyida Eronning yadroviy obyektlariga zarba berishni rejalashtirgan, biroq AQSH prezidenti Donald Tramp bu rejani qo‘llab-quvvatlamay, diplomatik muzokaralar yo‘lini ma’qul ko‘rgan.
Manbalar ma’lum qilishicha, Isroil tomonida Trampning hujumni qo‘llab-quvvatlashiga ishonch baland bo‘lgan. Chunki zarba rejalarida AQSHning harbiy va logistik ko‘magi hal qiluvchi o‘rinda edi: ham zarba paytida, ham Eron tomonidan ehtimoliy javob zarbasini qaytarishda.
Biroq barcha kutilmalarga qarshi ravishda, Tramp Benyamin Netanyahu bilan uchrashuvdan so‘ng masalaga qat’iy nuqta qo‘ydi:
"Yo‘q! Biz muzokara yo‘lini tanlaymiz".
Tramp strategiyasi: urush emas, muzokara
AQSHning bu pozitsiyasi Isroil hukumatida muayyan noaniqlik va hatto norozilik uyg‘otgan. Chunki Tehron yadroviy dasturini davom ettirayotgan bir paytda, harbiy zarba orqali uni kamida bir yilga kechiktirish imkoni ko‘rilgan edi.
Vashington esa bunday harakat AQSHni yangi, keng qamrovli urushga tortib ketishidan xavotir bildirgan. Shu sababli Oq uy Eron bilan diplomatik yechim izlashni ustun deb topdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar