date
views 322

Xitoy fuqarolari frontda, qurol yetkazilyapti — Ukraina Xitoyni ayblayapti

Xitoy fuqarolari frontda, qurol yetkazilyapti — Ukraina Xitoyni ayblayapti
Zelenskiy Xitoyni Rossiyaga qurol yetkazishda aybladi — Pekin betaraflikni saqlayaptimi?

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xitoyni Rossiya armiyasiga qurol va harbiy vositalar yetkazib berishda aybladi. Bu haqda “Interfaks-Ukraina” axborot agentligi xabar berdi.

“Biz Xitoy tomonidan Rossiyaga qurol yetkazilayotganiga oid dalillarga ega bo‘ldik. Hozirda Ukraina xavfsizlik xizmati va razvedka organlari orqali porox, artilleriya va boshqa ma’lumotlarni yig‘moqdamiz. Kelasi hafta batafsil ma’lumot beramiz”, — dedi Zelenskiy.

Qurol emas, ishlab chiqarish ham ayblov markazida

Ukraina rahbarining aytishicha, Kiyevdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy faqat qurol yetkazib berish bilan cheklanmayapti. Unga ko‘ra, xitoylik vakillar Rossiya hududida qurol ishlab chiqarish jarayonida ham ishtirok etayotgan bo‘lishi mumkin.

Bu da’volar jahon hamjamiyatida Xitoyning betaraf pozitsiyasi borasida jiddiy savollar uyg‘otishi mumkin.

Xitoy — rasman neytral, amaldachi qanday?

Xitoy hozirgacha Rossiya—Ukraina urushida neytral pozitsiyani e’lon qilib kelayotgan, taraflarni muzokaralar orqali urushni yakunlashga chaqirgan. Shu bilan birga, Pekin Rossiyaga qarshi G‘arb tomonidan joriy qilingan sanksiyalarga qo‘shilmagan.

Biroq oxirgi voqealar bu betaraflik so‘zda qolmoqdami, degan savolni kun tartibiga olib chiqdi.

Xitoy fuqarolari urushda: kim yolg‘on gapiryapti?

Aprel oyi boshlarida Ukraina armiyasi Rossiya safida jang qilayotgan ikki nafar Xitoy fuqarosini asirga olganini ma’lum qildi. Ular, o‘z so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga pul ishlash uchun kelgan, biroq aldanib, frontga jo‘natilgan.

Xitoy rasmiylari bu ma’lumotlarga javoban: “Biz Ukrainaga o‘z harbiylarimizni yubormaganmiz”, — deb rasmiy bayonot bergan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy fuqarolari frontda, qurol yetkazilyapti — Ukraina Xitoyni ayblayapti