Ish topolmagan, ammo omad topgan: boshpanasiz erkak millionerga aylandi

1 daqiqa o'qish1.1K
Ish topolmagan, ammo omad topgan: boshpanasiz erkak millionerga aylandi
Kaliforniya shtatida yashovchi, yillar davomida ko‘chada tunni o‘tkazib kelayotgan erkak bir kunda omad eshigini ochdi. U Sandy's Deli Liquor nomli mahalliy do‘kondan lotereya chiptasi sotib olib, 1 million dollar yutuqqa ega bo‘ldi. Bu haqda Los Angeles Times nashriga tayanib “Pravila jizni” ma’lum qildi.

Qahramonning ismi sir, ammo omadi ochiq

G‘olibning to‘liq ismi oshkor qilinmagan, lekin u Sandy's Deli Liquor do‘konining doimiy mehmoni ekan. Do‘kon boshqaruvchisi Uilson Samaan uni samimiy, ishonchli va halol inson sifatida tavsiflaydi. Uning aytishicha, erkak juda ko‘p yillardan beri San Luis Obispo shahri ko‘chalarida yashab kelgan.

Bir paytlar Samaan unga do‘konda ish taklif qilgan, ammo erkakning tizzasidagi kasallik bunga monelik qilgan.

"Uka, sen jekpot yutding!"

G‘olib bu ulkan omad haqida o‘tgan haftada bilib qoldi. Odatidagidek do‘konga kirib, chiptadagi himoya qatlamini tozaladi va raqamlarni ko‘rib, lol qoldi.
Ish topolmagan, ammo omad topgan: boshpanasiz erkak millionerga aylandi
“U avval 100 ming dollar yutdim deb o‘yladi. Keyin men unga: 'Yo‘q, sen butunlay jekpotni yutding!' deb aytdim,” — deb xotirlaydi Samaan.

Shundan so‘ng u g‘olibni California Lottery idorasiga olib bordi, u yerda chipta rasman tasdiqlandi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu kabi yirik yutuqni qo‘lga kiritish ehtimoli 2 047 423 ta chiptadan bittada bo‘lar ekan.

“Bu pul hayotimni tubdan o‘zgartirdi”

Yong‘indek yoyilgan bu voqea jurnalistlar diqqat markaziga tushdi. LA Times muxbiri bilan suhbatda erkak shunday dedi:

“Mening hayotim to‘liq o‘zgardi. Bu pulga kichik uy va avtomashina olishni niyat qilyapman. Qolganini esa kelajak uchun sarmoya qilishni o‘ylayapman.”

California Lottery vakillariga ko‘ra, yutuqni rasmiylashtirish jarayoni bir necha hafta yoki ikki-uch oygacha cho‘zilishi mumkin.

Siz lotereya chiptasi olib ko‘rganmisiz? Agar 1 million dollar yutsangiz, nima qilgan bo‘lar edingiz? Fikringizni izohda yozing!
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?