
Xalqaro olimlar guruhi Mars sayyorasining qa’rida katta miqdorda suyuq suv mavjudligi ehtimolini tasdiqlovchi sensatsion belgilarni aniqladi. Bu haqda Eurekalert ilmiy axborot portali maxsus xabar tarqatdi.
Mazkur kashfiyotni Xitoy Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika instituti, Avstraliya Milliy universiteti hamda Italiyaning Milan-Bikokka universiteti olimlari hamkorlikda amalga oshirgan.
Tadqiqotlar NASA'ning Marsda joylashgan InSight apparati orqali to‘plangan ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan. Olimlar sayyorada sodir bo‘lgan eng yirik meteorit zarbalari va seysmik silkinishlarni sinchkovlik bilan tahlil qilishgan.
O‘rganishlar natijasida sayyoraning 5,4 dan 8 kilometrgacha bo‘lgan chuqurlikda sekinlashgan seysmik to‘lqinlar aniqlangan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu kabi anomaliyalar odatda faqat suyuq suv mavjudligi sababli paydo bo‘ladi.
Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, agar bu suv sayyora yuzasiga teng ravishda tarqatilsa, uning balandligi 520-780 metrga yetishi mumkin. Bu esa Mars tarixidagi eng yirik kashfiyotlardan biri hisoblanadi.
Mutaxassislar bu tadqiqot Marsda hayot bor-yo‘qligi hamda kelajakda insonlarning ushbu sayyorada yashash imkoniyatlari bilan bog‘liq juda muhim savollarni ko‘tarib chiqishi mumkinligini qayd etgan.
Shuningdek, tadqiqotchilar Mars ilgari suv bilan qoplanganligini va bu holat taxminan 3 milliard yil oldin yakunlanganini ta’kidlashgan. Mars yuzasida suv mavjud bo‘lganining dalillari Perseverance apparati tomonidan ham avvalroq aniqlangandi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, Marsning tuproq qatlamlari ostida suvdan paydo bo‘lgan minerallar topilgan.
Tadqiqotchilar bu kashfiyot sayyoraning tarixi va kelajak istiqbollari haqida yangi imkoniyatlarni ochib berishiga ishonishmoqda.
Marsdagi suyuq suv mavjudligi – bu insoniyat kelajagiga qo‘yilgan ilk qadammi?
Mars SayyorasiSuv MavjudligiXalqaro OlimlarSensatsion KashfiyotGeologiya Va GeofizikaNASA MarsdaInson Yashash Imkoniyatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar