
Buyuk Britaniya Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi yangi operatsiyasi sababli Isroil bilan erkin savdo bitimini tuzish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi. Bu haqda Birlashgan Qirollik Tashqi ishlar vazirligi rahbari Devid Lemmi ma’lum qildi.
Uning aytishicha, London bunday qarorni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu gumanitar yordam yetkazib berishni to‘sib qo‘ygani va anklavda jangovar harakatlarni kengaytirgani uchun qabul qilgan.
“Buyuk Britaniya va Isroil o‘rtasidagi erkin savdo bitimi bo‘yicha muzokaralar rasman to‘xtatildi, qaror darhol kuchga kiradi”, deya ta’kidlandi Britaniya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Vazirlik yana shuni qo‘shimcha qildiki, “G‘arbiy Qirg‘oq va G‘azo sektorida qo‘pol siyosat yuritayotgan” Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hukumati bilan kelishuvni muhokama qilishni davom ettirishning imkoni yo‘q.
Isroilning Buyuk Britaniyadagi elchisi Sipi Xotoveli Isroil harbiylarining G‘azo sektoriga hujumi munosabati bilan Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.
“Bugun men elchi Xotoveliga hukumatimizning G‘azodagi harbiy faoliyatning mutlaqo nomutanosib kuchayishiga qarshi pozitsiyasini bildiraman va G‘azoga 11 hafta davomida yordamni to‘sib qo‘yish shafqatsiz hamda asossiz bo‘lganini ta’kidlayman”, dedi Britaniyaning Yaqin Sharq ishlari bo‘yicha vaziri Hamish Falkoner.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha o‘z majburiyatlariga rioya qilishi va aholiga to‘liq, tez, xavfsiz hamda to‘siqsiz insonparvarlik yordami ko‘rsatilishini ta’minlashi lozim.
Foto: Reuters
Buyuk BritaniyaIsroil armiyasiG‘azo sektorierkin savdomuzokaralar to‘xtatildiTashqi ishlar vazirligiBinyamin Netanyaxugumanitar yordamxalqaro huquq O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar