date
views 189

Komiks sabab Yaponiyaga sayyohlar oqimi keskin kamaydi

Komiks sabab Yaponiyaga sayyohlar oqimi keskin kamaydi
Yaponiya turizm sohasi kutilmagan manba – fantastik komiks sababli jiddiy to‘siqqa duch keldi. CNN nashri yozishicha, “The Future I Saw” (Men ko‘rgan kelajak) nomli komiksning iyul oyida Yaponiyada kuchli zilzila bo‘lishi haqidagi bashorati sayyohlar orasida vahima keltirib chiqardi. Ushbu holat mamlakatga keladigan xalqaro sayyohlar oqimining ancha kamayishiga sabab bo‘ldi.

Komiks muallifi Ryo Tatsuki nomi avval ham shov-shuvli prognozlari bilan tilga tushgan. Uning oldingi asarlaridan biri 2011 yildagi Tohoku zilzilasi va sunamini oldindan “bashorat qilgani” bilan tanilgan edi. Bu safar ham u 2025 yilning iyul oyida katta zilzila bo‘lishini tasvirlagan.

Haqiqiy zilzila bo‘lmaganiga qaramay, faqatgina ushbu asarning mavjudligiyoq Sharqiy Osiyodan keladigan sayyohlar oqimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, Gonkongdan Yaponiyaga sayohatlar Pasxa bayrami davrida 50%ga kamaygan. Shuningdek, Xitoy, Tailand, Vetnam kabi davlatlarda ham sayohatlarni bekor qilish holatlari ko‘paygan.

Komiks bilan birga, Instagram va TikTok kabi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “ilmsiz bashoratlar”, feng shui mutaxassislari va psixiklarning tahlillari umumiy xavotirni yanada kuchaytirgan.

Yaponiya rasmiylari va geologlari esa komiksning “ilmiy asosi yo‘q” ekanini ta’kidlab, sayyohlarni faktik ma’lumotlarga tayanishga chaqirmoqda. Ular mamlakatda seysmologik kuzatuvlar doimiy ravishda olib borilayotganini va vaziyat to‘liq nazoratda ekanini bildirishmoqda.

Shu bilan birga, Yaponiyaning turizm ko‘rsatkichlari bu qo‘rquvga qaramasdan hanuz yuqori darajada. 2025 yilning ilk choragida mamlakatga 10 milliondan ortiq sayyoh kelgan. Bu esa Yaponiyaga bo‘lgan ishonchni saqlanib qolganini anglatadi.

Biroq bu voqea shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fantastik ma’lumotlar ham real iqtisodiy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.

Zamin.uz tahririyati sayyohlar xavotirli axborotlarga emas, rasmiy manbalaraga tayanish kerakligini eslatib o‘tadi. Siz bunday “bashoratlar” turizm va iqtisodiyotga qanchalik ta’sir qilishi mumkin, deb o‘ylaysiz?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Komiks sabab Yaponiyaga sayyohlar oqimi keskin kamaydi