
Yaqin Sharqdagi targ‘ibotlar yana keskinlashmoqda. Eron Islom Respublikasi Isroilga qarata jiddiy ogohlantirish bilan chiqdi: agar Isroil Eron yadroviy obyektlariga zarba bersa, Tehron Isroilning yashirin yadroviy infratuzilmalariga qarshi javob zarbasi berishdan tortinmasligini ma’lum qildi.
Bu haqda Eron Milliy Xavfsizlik Oliy Kengashi tomonidan berilgan bayonotda aytib o‘tildi. Rasmiy Tehronning bayonotiga ko‘ra, har qanday provokatsiya va hujumga nisbatan mamlakat mutanosib ravishda javob qaytaradi.
Eron Axborot va Milliy Xavfsizlik vaziri Ismoil Xatibning aytishicha, Eron razvedka xizmati Isroilning maxfiy yadroviy dasturiga oid hujjatlarni qo‘lga kiritgan. Uning ta’kidlashicha, hujjatlar yadroviy obyektlar joylashuvi, inshoot loyihalari va strategik ma’lumotlarni qamrab olgan.
«Biz Isroilning yadroviy infratuzilmalari haqidagi barcha ma’lumotlarni oldik. Agar kerak bo‘lsa, ularni ochiqlaymiz va shunga yarasha javob choralarini ko‘ramiz», — dedi Ismoil Xatib. U, shuningdek, mazkur ma’lumotlar yaqin orada jamoatchilikka e’lon qilinishiga va’da berdi.
Xalqaro tahlilchilarning fikricha, bu kabi bayonotlar Yaqin Sharqdagi murakkab geosiyosiy vaziyatni yanada chigallashtirishi mumkin. Yadroviy tahdidlar faqat ikki davlat o‘rtasida emas, balki butun mintaqada xavfsizlik muvozanatiga ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli ham bor.
Tahlilchilar Eronning bu bayonotini diplomatik bosim vositasi sifatida baholamoqda. Ammo bu bilan birga, harbiy to‘qnashuv xavfi ham inkor etilmayapti. Mintaqadagi barqarorlik taqdiri xalqaro jamoatchilik uchun muhim sinov bo‘lib qolmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar