
Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi tarang munosabatlarda muhim yangilik — 11 iyun kuni Seul harbiylari chegara hududida ovoz kuchaytirgichlar orqali uzatiladigan tashviqot eshittirishlarini to‘xtatdi. Bu qadam Koreya yarim orolida ishonch va tinchlik muhitini tiklash maqsadida amalga oshirildi, deb xabar berdi Yonhap agentligi.
Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, “ushbu qaror Koreya xalqlari o‘rtasidagi ishonch va o‘zaro hurmatni tiklash, tinchlik yo‘lidagi islohotlarning bir qismi” hisoblanadi. Mutasaddilarning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yilda ikki davlat o‘rtasidagi tanglikka chegaradan sharlar orqali chiqindi yuborish, ovozli tashviqot eshittirish kabi turli choralar sabab bo‘lgan edi.
Ma’lumki, bir yil avval Shimoliy Koreya chegaradan chiqindi bilan to‘ldirilgan sharlarni Janubiy Koreya hududiga yo‘llagan, bunga javoban Seul ovoz kuchaytirgichlar orqali axborot, K-pop qo‘shiqlari va qochishga chaqiriqlardan iborat eshittirishlarni qayta boshlagan edi. Bu eshittirishlar kunduzi 10 kilometr, kechasi esa 24 kilometrgacha masofada eshitilishi va Shimoliy Koreya askarlariga ta’sir o‘tkazishi mumkinligi aytiladi.
Yangi qaror esa har ikki tomonning muayyan erkinliklarga tayyor ekanini va muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilishga intiluvchanligini ko‘rsatadi. Shimoliy Koreya ham chegaradan chiqindi sharlari yuborishni to‘xtatgani ma’lum qilindi.
Aytish joiz, 3 iyun kuni Janubiy Koreyada muddatidan oldin prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi va unda muxolifatdagi Toburo demokratik partiyasi vakili Li Chje Myon g‘alaba qozondi. U saylovoldi kampaniyasida aynan Pxenyanga qarshi tashviqot ishlarini, ovozli eshittirish va varaqa tarqatish kampaniyalarini to‘xtatishga va’da bergan edi. Yangi prezidentning bu siyosiy qadami Koreya yarim orolidagi vaziyatni yumshatish va ikki xalq o‘rtasidagi ishonchni tiklashga xizmat qiladi, deb umid qilinmoqda.
Ekspertlar fikricha, bu chora ikki davlat o‘rtasidagi muzokaralarga zamin yaratishi va mintaqada barqarorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Koreya yarim orolidagi siyosiy o‘zgarishlar esa butun mintaqa uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar