
Yaqin Sharqda keskin vaziyat avj olgan bir paytda, AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida jiddiy bayonot bilan chiqdi. Trampga ko‘ra, AQSH Eron islom respublikasining zamonaviy kuzatuv va havo mudofaasi tizimlariga qaramay, ushbu davlat osmoni ustidan to‘liq nazorat o‘rnatgan. “Eronda yaxshi kuzatuv uskunalari va boshqa mudofaa texnikasi ko‘p miqdorda mavjud edi, ammo bular Amerika ishlanmalari va qurollari oldida hech narsaga arzimaydi. Hech kim buni qadimgi sodiq Amerikadan yaxshiroq qila olmaydi”, — deya ta’kidladi AQSH rahbari.
Tramp shuningdek, Erondan tez orada taslim bo‘lishini kutmoqda. Uning ta’kidlashicha, Eron yadroviy dasturidan butunlay voz kechgan taqdirdagina, mojaro yakun topishi mumkin. “Men muzokaralar olib borishga kayfiyatim yo‘q”, — deydi u.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 13 iyun kuni Isroil armiyasi Eron hududida keng miqyosli harbiy operatsiya o‘tkazib, yadroviy obyektlar va yuqori martabali harbiylar pozitsiyalariga zarba berdi. Javob tariqasida Eron Isroilga raketa va dronlar bilan zarba berdi. Bunday keskin to‘qnashuvlar ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyatni yangi bosqichga olib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil aprel oyidan boshlab Vashington va Tehron o‘rtasida Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgan edi. Ammo, so‘nggi hodisalar tufayli, Maskatda rejalashtirilgan navbatdagi muzokaralar bosqichi bekor qilindi.
Yadroviy muammo va harbiy qarama-qarshiliklar fonida, mintaqa va butun dunyo xavotir bilan bu jarayonlarni kuzatmoqda. AQSH va Eron o‘rtasidagi kelishuv imkoniyati so‘ngi voqealarga qarab yanada noaniq ko‘rinishga ega bo‘lmoqda.
Endilikda e’tibor markazida — AQSHning Yaqin Sharqdagi ustunligi va Eron mojarosining global xavflari. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar