
Tailandda teri kasalliklari orasida xavotir uyg‘otayotgan yangi holat — pushti temiratki qayd etilmoqda. Mamlakat Sog‘liqni saqlash departamenti mazkur virusli xastalikning epidemiya darajasiga chiqishi mumkinligini bildirdi.
Ayniqsa, yomg‘irlar mavsumida ushbu xastalik tez va keng tarqalishi mumkin. Shu bois mahalliy aholi va sayyohlarga o‘z terisidagi har qanday o‘zgarishni jiddiy qabul qilish tavsiya qilinmoqda.
Mutassaddilar ta’kidicha, bu kasallik odatda katta, ancha bilinarli dog‘ bilan boshlanadi. U "ona dog‘i" deb ataladi va ko‘pincha orqa, qo‘l yoki qorin sohasida paydo bo‘ladi. Bir necha kundan so‘ng tananing boshqa qismlarida ham mayda, oval yoki yumaloq shakldagi toshmalar chiqadi. Ular rangiga ko‘ra ko‘pincha och jigarrang, losos tusida yoki qizg‘ishrang bo‘ladi.
Bu kasallik, ayniqsa, bolalar va yoshlarda tez-tez kuzatiladi. Homilador ayollar uchun xavfli hisoblanadi, chunki xastalik og‘ir holatlarda bola tushishiga olib kelishi mumkin.
Bemorlarda faqat teridagi o‘zgarishlar emas, balki umumiy holatning yomonlashuvi — bosh og‘rig‘i, isitma, mushak va bo‘g‘im og‘riqlari, ba’zi hollarda ichki og‘riqlar va yutish qiyinchiliklari ham kuzatilmoqda.
Sog‘liqni saqlash mutaxassislari hushyor bo‘lishga chaqirib, quyidagi holatlarda shifokorga murojaat qilishni tavsiya qilmoqda:
- tana harorati ko‘tarilishi;
- toshma va dog‘larning paydo bo‘lishi;
- yo‘tal, burun oqishi, tomoq og‘rig‘i;
- mushak va bo‘g‘im og‘riqlari;
- ich ketishi, umumiy holatning susayishi.
Agar ushbu belgilar turistik safardan keyin paydo bo‘lsa, vaziyatga yengil qaramaslik kerak, deyiladi rasmiy ogohlantirishda.
Mutaxassislar shunday xulosa qilmoqda: nafaqat Tailandda, balki boshqa har qanday sayohat davomida shaxsiy gigiyenaga e’tibor qaratish, teriga ziyon yetkazuvchi omillardan ehtiyot bo‘lish va kasallik alomatlarini dermatolog yordamida o‘z vaqtida aniqlash muhimdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar