
Dunyodagi eng g‘alati vasiyatnomalardan ba’zilari inson aqlini hang-mang qiladi. Ularning ba’zilari hazilday, ba’zilari esa haqiqiy dramani ifodalaydi.
Fransiyaning Marsel shahrida yashagan etikdo‘z eng noo‘rin vasiyatnomani yozgan. Uning hujjatidagi 123 so‘zdan 94 tasini aytish og‘izga og‘ir keladi.
Eng qisqa vasiyatnoma esa Londonlik bankir tomonidan yozilgan. U shunday deydi: “Men butunlay sindim.”
Eng uzun vasiyat esa AQSHning asoschilaridan biri Tomas Jeffersonga tegishli. Unda shunday shart qo‘yilgan: meros faqat barcha qullar ozod etilgandan keyingina qoladi.
Mashhur fizik Nils Borning laboranti yozgan vasiyat esa tilshunoslar bosh qotirgan hujjatga aylangan. Unda shunchalik ko‘p ilmiy atamalar va iboralar borki, uni tushunish uchun mutaxassislar jalb qilingan.
Eng katta mablag‘ni Genri Ford qoldirgan: 500 million dollarni 4157 ta ta’lim va xayr-ehson muassasalariga vasiyat qilgan.
Eng maxfiy vasiyatnomani esa milliarder Mishel Rotshild yozgan. U shunday ta’kidlagan: “Merosim miqdorini yozish va e’lon qilish qat’iyan man qilinsin.” Shu bois, u qancha boylik qoldirgani hanuz noma’lum.
Kinoprodyuser va millioner Rojer Dorkas esa o‘zining 65 million dollar boyligini Maksimilian ismli itiga qoldirgan. U hatto itga inson sifatida rasmiy hujjat rasmiylashtirgan. Eng qizig‘i, xotiniga atigi 1 sent tekkan. Biroq xotini ham anoyi emas ekan: u Maksimilianga turmushga chiqqan va kuchuk o‘lganidan so‘ng barcha boylikka ega bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar