
Kamerun prezidenti Pol Biyya 2025 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyati borligini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Davlat rahbari o‘z murojaatida mamlakat oldida turgan muhim masalalarni tilga oldi va ulkan tajribasi bilan yana xizmat qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Pol Biyya 1982 yildan beri Kamerunni boshqarib kelmoqda va hozirgi kunda u 92 yoshda. Bu holat uni dunyodagi eng keksa va eng uzoq muddat hokimiyatda bo‘lgan prezidentlar qatoriga qo‘shadi.
Kamerundagi navbatdagi prezidentlik saylovlari 2025 yil 12 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Saylov bir turda tashkil etiladi va eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzod g‘alaba qozonadi. Prezidentlik mandatining muddati esa — 7 yilni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2008 yilda Biyya Konstitutsiyada belgilangan muddat cheklovini bekor qilgan va shu orqali u cheklovsiz ravishda saylovlarda qatnashish huquqini saqlab qolgan.
U oxirgi bor 2018 yilda saylovda ishtirok etib, 71,28 foiz ovoz bilan g‘olib chiqqan edi. Biroq oppozitsiya va fuqarolik jamiyati vakillari ushbu saylov natijalari yuzasidan jiddiy shubhalar bildirgan, qator qonunbuzarliklar qayd etilganini ma’lum qilishgan.
Kelasi saylovda esa katta yoshdagi Biyyaning siyosiy sahnada qanchalik ta’sirli qolishi barcha uchun qiziq. Kamerunda o‘zgarishlar bo‘ladimi — vaqt ko‘rsatadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar