Rossiya, Evropa va Osiyo qurol ishlab chiqaruvchilari qurol-aslaha sotish hajmini oshirmoqdalar. Bu orada AQSh harbiy konsernlarining savdo hajmlari qisqarmoqda, deb aytildi dunyo muammolarini tadqiq qiluvchi Stokgolm instituti (SIPRI) hisobotida.
Hisobotga ko‘ra, dunyoda qurol-aslaha sotish bo‘yicha hali ham etakchi o‘rinni AQSh kompaniyalari egallamoqda: 2015 yilda bu kompaniyalar 209,7 mlrd dollarlik qurol-aslaha sotishgan, bu esa 2014 yildagidan 3 foiz kamroq bo‘lgan. AQSh kompaniyalari ulushiga dunyoda sotilgan butun qurol-aslahaning 56,6 foizi to‘g‘ri kelgan.
Qurol-aslaha sotish bo‘yicha 2-o‘rinni Buyuk Britaniya egallamoqda: britan kompaniyalarining hisobiga 10,6 foiz savdolar to‘g‘ri kelmoqda. 3-o‘rinni Rossiya 8,1 foiz bilan egallamoqda, bu esa 2014 yilga nisbatan 6,2 foizga ko‘proq. 2013 yilda Rossiya kompaniyalari savdo hajmlarini 20 foizga, 2014 yilda esa 48 foizga oshirishgan.
4-o‘rinda 5,8 foiz bilan Fransiya, keyin esa qolgan Evropa davlatlari bormoqda.
Rivojlanayotgan davlatlar orasida Turkiyaning qurol-aslaha savdo hajmi oshayotganligini qayd qilish kerak. 2015 yilda qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi turk kompaniyalari savdo hajmini 2014 yilga nisbatan 10,2 foizga oshirishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

AQShda ikki xil rangga ega qisqichbaqa ushlandi

Rossiyaning “Proton-M” raketasi Zabaykale o‘lkasi hududiga qulab tushdi

Suriya harbiylari Amerikaning uchuvchisiz uchar moslamasini urib tushirdi

AQShning Illinoys shtatida neft ortilgan vagonlar yonib ketdi

AQShlik beva ayolga marhum eridan guldasta keldi

Belgiya byudjet xarajatlarini 5 mlrd evroga qisqartirishga majbur bo‘lmoqda