
Amerikalik komik va paranormal hodisalar ishqibozi Mett Rayf hamda uning do‘sti, YouTuber Elton Kasti mashhur Uorrenlar kolleksiyasiga qonuniy vasiy sifatida ega bo‘lishdi. Bu kolleksiyada eng mashhur artefakt — Annabel kuklasi ham bor.
Ed va Lorreyn Uorren – real paranormal holatlarni o‘rgangan mashhur tadqiqotchilar. Ular haqidagi ma’lumotlar "Zaklyatiye" (The Conjuring) filmiga asos bo‘lgan. Ularning muzeyidagi eng mashhur eksponat – Annabel nomli antiqa kukla bo‘lib, unga demonik ruh bog‘langani aytiladi.
Ular kolleksiyani sotib olmagan, lekin besh yilga rasmiy vasiylik huquqini qo‘lga kiritishdi. Bu ularga Annabel va boshqa artefaktlardan jamoat foydasi uchun foydalanish imkonini beradi.
Uorrenlar muzeyi 2019 yilda yopilgan edi. Rayf va Kasti uni qayta ochib, ekskursiyalar va tungi tajribalar tashkil qilmoqchi. Bunda xavfsizlik va yong‘inga qarshi choralarga amal qilinishi shart.
Den Rivera voqeasi
Annabelni ko‘rgazmalarda namoyon qilgan paranormal tadqiqotchi Den Rivera iyul oyida to‘satdan vafot etdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lim paytida kukla huzurida bo‘lmagan, jinoiy alomatlar yo‘q.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham paranormal mavzularga qiziqish ortyapti. YouTube va TikTok orqali bunday kontent keng tarqalmoqda. Annabel haqidagi voqealar esa bu qiziqishni yanada oshirishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!