Amerikada davlat xizmatchilari faoliyatini qat’iy nazorat qilishda muhim o‘rin tutadigan federal agentlik — Maxsus ishlar bo‘yicha boshqarma (OSC) — katta shov-shuvga sabab bo‘lgan tekshiruvni boshladi, deb xabar berdi dw.com. Ushbu tekshiruvning markazida esa Donald Trampga qarshi jinoiy ishlarni olib borgan sobiq maxsus prokuror Jek Smit turibdi.
Boshlanishiga respublikachi senator Tom Kottonning da’vosi sabab bo‘ldi. Senatorning iddaosicha, Jek Smit 2024 yilgi prezidentlik saylovlariga ta’sir o‘tkazishga uringan bo‘lishi mumkin. Shu sabab OSC agentligi Smitga nisbatan rasmiy surishtiruv o‘tkazishga qaror qildi.
Manbaga ko‘ra, tekshiruv asosi — Smitning davlat mansabdorlariga o‘z vazifalaridan siyosiy faoliyat uchun foydalanishni taqiqlovchi "Xetch akti" (Hatch Act) qonunini buzganlik ehtimoli. OSC mustaqil organ hisoblanadi va davlat xizmatchilarining xulq-atvorini tartibga solishda katta mas’uliyatga ega. Biroq u jinoiy jazo qo‘llash vakolatiga ega emas, asosiy vazifasi — xizmat davomida amalga oshirilgan intizomga zid harakatlarni ochiqlash va qonunbuzarliklarni fosh qilish.
Jek Smit — AQSH Adliya vazirligining sobiq maxsus prokurori. Uning faoliyati, ayniqsa, Donald Trampga qarshi ikkita muhim ish bilan yodda qolgan: birinchisi — sobiq prezidentning maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlash ishlari, ikkinchisi esa — 2020 yilgi prezidentlik saylovi natijalariga e’tiroz va 2021 yil 6 yanvar voqealariga olib kelgan Kapitoliydagi shov-shuvli ish. Shuningdek, ushbu ishlar apellyatsiya jarayonlari va AQSH Oliy sudi tomonidan sobiq prezidentlarga daxlsizlik bo‘yicha chiqarilgan qaror tufayli sudgacha yetib bormadi va vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi.
Aytish joizki, Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan so‘ng, Smit Adliya vazirligining amaldagi prezidentni jinoiy javobgarlikka tortmaslik siyosatiga tayanilib, tekshiruvni rasman to‘xtatdi. Biroq u o‘z hisobotida to‘plangan dalillar Trampni ayblash uchun yetarli ekanini alohida ta’kidladi.
Bu voqea Amerikada davlat xizmatchilari va siyosiy jarayonlar o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni yana bir bor ko‘rsatdi. Xavfsizlik va xolislik eng muhim ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. AQSH siyosiy muhitidagi katta sinovlar oldimizda.
AQSH sobiq prokuroriga nisbatan rasmiy tekshiruv boshlandi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar