Ilon Mask Samarqandga kelishi mumkin

“O‘zbekkosmos” agentligi 2028 yilda Xalqaro astronavtika kongressini Samarqand shahrida o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi. Bu nufuzli forum har yili dunyoning turli davlatlaridan 10 mingga yaqin kosmik soha mutaxassislari va yirik kompaniyalarni bir joyga to‘playdi.
Tashkilotchilarning aytishicha, rejalashtirilayotgan xalqaro anjumanda mashhur tadbirkor va SpaceX asoschisi Ilon Maskning tashrifi ham kutilmoqda. Buning sababi, u bundan oldingi astronavtika kongresslarida maxsus vakil sifatida ishtirok etgani bilan bog‘liq.
Agar kongress Samarqandda o‘tkazilsa, u nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo uchun kosmik texnologiyalar va hamkorlik sohasida muhim voqeaga aylanishi kutilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…