IShID terrorchilik guruhi jangarilari Suriyaning Palmira shahriga hujumga bor e’tiborni qaratishdi. Bu holat ular tomonidan Rakkadagi harbiy harakatlar qayta boshlanmasligiga bo‘lgan ishonch bilan bog‘liq, deb ma’lum qildi Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov.
"AQSh va xalqaro koalisiyaning Rakka tumanidagi faol harbiy harakatlari bahorga qadar to‘xtab qolganini inobatga olib, IShID Palmiraga bo‘lgan hujumga katta kuchini tashladi. Taxminan to‘rt ming terrorchilar texnika bilan", - deya aytib o‘tdi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, IShID jangarilari so‘nggi bir sutka davomida Palmiradagi Suriya qo‘shinlari pozisiyalariga bir necha bora hujum uyushtirib ko‘rishgan.
"Shaharga terrorchilarning hujumi uch yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilmoqda: shimol, sharq va janubdan. Hammasi bo‘lib besh mingdan ortiq jangari bunda qatnashmoqda. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Palmira yonida o‘tgan payshanbaga qadar bunday miqdordagi terrorchilar guruhi bo‘lmagan. Aftidan IShID Rakkadagi harbiy harakatlar tiklanmasligiga ishonch hosil qilgan", - deya aytib o‘tgan u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”