Pokistonda kecha, 15 avgust kuni, kuchli musson yomg‘irlari va ular oqibatida kelib chiqqan sel hamda ko‘chkilar mamlakat tarixidagi eng og‘ir falokatlardan biriga aylandi. Le Monde nashri ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar tufayli kamida 160 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumdi.
Eng katta yo‘qotishlar tog‘li Xayber-Paxtunxva viloyatida kuzatildi — bu yerda halok bo‘lganlar soni 110 nafarga yetgan. Viloyatning Buner, Bajaur, Mansehra va Battagram tumanlari falokat xavfi yuqori hududlar sifatida e’lon qilindi. Pokiston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur viloyatda yana 60 nafar kishi turli darajadagi jarohatlar olgan.
Agence France-Presse tarqatgan suratlarda Afg‘oniston chegarasiga yaqin Bajaurda odamlar loy va tuproqqa ko‘milgan tepaliklarni qo‘l bilan kovlayotgani aks etgan. Yaqindagi dala maydonida esa janoza marosimlari boshlanib, mahalliy aholi motamga to‘lgan holda halok bo‘lgan yaqinlarini oxirgi safarga kuzatmoqda.
Pokiston meteorologiya xizmati shimoli-g‘arbiy hududlarda kuchli yomg‘irlar xavfi yuqoriligini ma’lum qilib, aholini xavfli hududlarga chiqmaslikka chaqirdi. Hindiston nazoratidagi Kashmirda esa qutqaruvchilar loy va vayronalar orasidan jasadlarni qidirish ishlarini olib bormoqda.
Muttaxassislar fikricha, bu kabi tabiiy ofatlar musson mavsumidagi xavflarni yana bir bor yaqqol namoyon etdi. Hukumat tomonidan qutqaruv ishlari kuchaytirilib, qurbonlar soni oshmasligi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.
Pokistonda musson falokati: 160 dan ortiq inson halok bo‘ldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar