Ispaniyada kuchli issiq ob-havo 20 ta yirik o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish ishlarini qiyinlashtirmoqda. Hukumat yong‘inlarga qarshi kurashish uchun qo‘shimcha 500 nafar harbiy xizmatchini safarbar qildi.
Galisiya mintaqasida bir nechta yong‘inlar qo‘shilib, katta yong‘inga aylangan. Bu holat sababli ayrim avtomobil yo‘llari va temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatildi.
So‘nggi bir hafta ichida yong‘inlar uch kishining hayotiga zomin bo‘ldi va 115 ming gektardan ortiq hududni yondirdi. Portugaliyada ham o‘rmon yong‘inlari keng tarqalib, katta zarar keltirmoqda.
Mutaxassislar ayrim hududlarda havo harorati 45 darajagacha ko‘tarilishini aytmoqda. Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches vaziyat og‘irligini tan olib, qo‘shimcha harbiy kuchlar yuborilishini ma’lum qildi.
Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, seshanbadan boshlab havo biroz salqinlashishi kutilmoqda. Hozircha esa yuqori harorat va quruq ob-havo yong‘inlarga qarshi kurashni juda qiyinlashtirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar