date

Ford muhandisi 11 yil avval yo‘qotgan hamyonini topdi

Ford muhandisi 11 yil avval yo‘qotgan hamyonini topdi

Michigan shtatida hayratlanarli voqea ro‘y berdi. Ford zavodining sobiq muhandisi Richard Gilford 11 yil avval yo‘qotib qo‘ygan hamyonini o‘z vaqtida ishlab chiqarilgan avtomobildan topdi, deb yozmoqda Pravilamag.

Hamyon tasodifan aniqlandi: mashinani ta’mirlash uchun ustaxonaga olib kelishgan va ustalar kapotni ochganida, uning ostida hamyon yotgani ma’lum bo‘ldi. Ichidan haydovchilik guvohnomasi, Ford Motor Co. ishchi guvohnomasi, bir necha dollar hamda bolalari uchun Rojdestvo sovg‘alariga sarflamoqchi bo‘lgan 250 dollarlik sovg‘a kartalari topildi.

Hamyon egasi tezda aniqlandi — u Ford zavodining pensiyaga chiqqan muhandisi Richard Gilford ekani ma’lum bo‘ldi. LC Car Care ustaxonasi egasi Chad Volk uni ijtimoiy tarmoqlar orqali topib, bog‘landi va ertasi kuni hamyon pochta orqali Gilfordga yuborildi.

Qizig‘i shundaki, hamyon avtomobilning ishlash jarayoniga umuman xalaqit bermagan. Mashina egasi ta’kidlaganidek, avto 240 ming kilometrdan ortiq yo‘l bosib o‘tganiga qaramay, hamyon saqlanib qolgan. Gilfordning so‘zlariga ko‘ra: “Ichidagi ayrim narsalar qizib, hatto o‘zgargan, ammo namlikka umuman uchramagan. U bir burchakda butunlay quruq qolgan va zararlanmagan.”

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ford muhandisi 11 yil avval yo‘qotgan hamyonini topdi