date

Rossiya Ukrainaga qarshi eng yirik havo hujumlarini amalga oshirdi

Rossiya Ukrainaga qarshi eng yirik havo hujumlarini amalga oshirdi
 21 avgustga o‘tar kechasi xalqaro maydon yana bir dahshatli voqeaga guvoh bo‘ldi. Rossiya qurolli kuchlari Ukraina hududiga nisbatan keng ko‘lamli, bir necha turdagi raketa va dronlar yordamida yo‘naltirilgan qo‘shma hujum uyushtirdi. Bu haqda bir qator mahalliy va xorijiy nashrlar, jumladan RBK-Ukraina ham xabar tarqatdi.

Xabarlarda qayd etilishicha, mamlakatning shimoliy va markaziy mintaqalarida kecha yarim tongga yaqin portlashlar ovozlari eshitilgan. Bu holat aholi orasida xavotir va qo‘rquv uyg‘otdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya armiyasi zarbalarni Ukrainadagi bir qator strategik obyektlarga qaratdi. Xususan, Sumi, Dnepropetrovsk, Zaporoje, Lvov va boshqa bir necha viloyatlarda infratuzilmalarga va muhim ahamiyatga ega nuqtalarga hujum qilingani aytilmoqda. Ayni damga qadar qurbonlar va jarohatlanganlar haqida rasmiy ma’lumot taqdim etilmagan.

Rossiya OAVlari tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, hujumlarda “Kinjal”, “Kalibr” raketalari hamda “Shahed” turkumidagi dronlar faol ishtirok etgan. Shuningdek, strategik bombardimonchi-raketa tashuvchilar — Tu-95MS va Tu-160 samolyotlari orqali uzoq masofaga yo‘naltirilgan X-101 qanotli raketalari ishlatilgani qayd etilmoqda.

Ayrim manbalarda keltirilishicha, Qora dengiz akvatoriyasidan uchirilgan zirkon raketalari Sumi viloyatidagi infratuzilmalardan birini yo‘q qilgan. Biroq bu ma’lumot hozircha rasmiy tomondan tasdiqlangani yo‘q.

Shuningdek, Ukrainaga tegishli ma’lumotlarda Dnepropetrovsk viloyati Pavlograd shahrida uchuvchisiz apparati gaz kompressor stansiyasiga zarba bergani va natijada katta yong‘in kelib chiqqanini qayd etmoqda. Bu esa hujumlarning nafaqat harbiy, balki iqtisodiy va fuqarolik obyektlariga ham qaratilganidan dalolat bermoqda.

Ekspertlar ta’kidlashicha, bu turdagi keng miqyosli hujumlar Ukrainadagi urush vaziyatini yanada keskinlashtirishi mumkin. Hozircha har ikki tomondan ham rasmiy bayonotlar chegaralangan holda berilmoqda, ammo voqea atrofidagi muhokamalar jahon OAVlarida tobora kuchayib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Ukrainaga qarshi eng yirik havo hujumlarini amalga oshirdi