Kuvaytda noqonuniy aroq sabab 23 odam vafot etdi

1 daqiqa o'qish496
Kuvaytda noqonuniy aroq sabab 23 odam vafot etdi

Kuvaytda oxirgi kunlarda yuz bergan holat jamoatchilikni qattiq hayajonga soldi. Ichki ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, yashirincha ishlab chiqarilgan spirtli ichimliklarni iste’mol qilish oqibatida kamida 23 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda vazirlik o‘zining rasmiy X (Twitter) sahifasida e’lon qildi.

Rasmiy bayonotda aytilishicha, mamlakatda spirtli ichimliklarning ishlab chiqarilishi va tarqatilishi qonunan qat’iy man etilgan. Shunga qaramay, ayrim shaxslar yashirin usulda bunday mahsulotni tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Nazorat va xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani esa iste’molchilar uchun jiddiy zaharlanish xavfini keltirib chiqaradi.

Ma’lum qilinishicha, politsiya tomonidan olib borilgan maxsus operatsiyalar davomida 67 nafar gumondor qo‘lga olingan. Shu bilan birga, yashirin faoliyat yuritgan 6 ta ishlab chiqarish nuqtasi va hali ishga tushmagan yana 4 ta zavod fosh etilgan. Ular uy-joy va sanoat hududlariga yashirilgan holda faoliyat yuritgan.

Kuvayt Sog‘liqni saqlash vazirligining qayd etishicha, umumiy hisobda metanol bilan zaharlanish holatlari 160 taga yetgan. Shu jabrlanganlar orasidan 23 kishi — asosan osiyolik mehnat muhojirlari hayotdan ko‘z yumishgan. Avvalroq halok bo‘lganlar soni 13 kishi deb xabar qilingan edi, biroq keyinchalik qurbonlar soni keskin oshdi.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumot berishicha, jinoiy tarmoqning asosiy rahbari Bangladesh fuqarosi ekani aniqlangan va u qo‘lga olingan. Shuningdek, yana bir gumonlanuvchi nepallik ekani ma’lum qilindi.

Kuvayt qonunchiligiga ko‘ra, mamlakat hududida aroq, vino va boshqa turdagi alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish va hatto uyda saqlash ham taqiqlangan. Faqat ayrim hollarda — diplomatik vakolatxonalar yoki chet elliklarga tegishli yopiq klublarda istisnolar amal qilishi mumkin.

Bu fojea nafaqat noqonuniy ishlab chiqarishning xavfli oqibatlarini ko‘rsatdi, balki odamlar hayotini muhofaza qilish maqsadida qonun-qoidalarga qat’iy amal qilish zarurligini yana bir bor eslatdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?