Xitoyda uch yoshli qizcha boshiga sanchilgan 15 santimetrli pichoq bilan tirik qoldi

1 daqiqa o'qish1.2K
Xitoyda uch yoshli qizcha boshiga sanchilgan 15 santimetrli pichoq bilan tirik qoldi

Xitoyda shifokorlar inson aqliga sig‘mas operatsiya amalga oshirdilar: uch yoshli qizchaning boshiga sanchilgan 15 santimetrli pichoq muvaffaqiyatli chiqarib olindi. Bu haqida South China Morning Post xabar tarqatdi.

Voqea Yunnan provinsiyasi, Kunming shahrida avgust oyida sodir bo‘lgan. Internet tarmoqlarida tarqalgan videoda qizaloq boshiga pichoq qadalgan holda onasi bilan shifoxonaga yo‘nalgani aks etgan. Bu manzara ko‘plab insonlarni o‘ziga jalb qildi va holat katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Hodisaning kelib chiqish sabablari turlicha talqin qilinmoqda. Qizchani shifoxonaga olib kelgan ona dastlab “men choyshablarni almashtirayotgandim, bexosdan pichoq qizning boshiga uchib ketdi”, deb bayonot bergan. Biroq tibbiyot muassasasi xodimlaridan biri “ona aslida qizini qo‘rqitish uchun pichoqni qo‘liga olgan va ehtiyotsizlik bilan uning boshiga otib yuborgan”, deya aytib o‘tdi.

Shifokorlar zudlik bilan operatsiya o‘tkazib, pichoqni muvaffaqiyatli olib tashlashdi. Qizaloqning ahvoli hozir barqarorligi xabar qilinmoqda. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu yerda bolaning yoshligi va suyak tuzilishining yumshoqligi hal qiluvchi omil bo‘lgan.

“Agar ona shoshqaloqlik bilan pichoqni o‘zi sug‘urib olganida, vaziyat tamomila boshqacha va qayg‘uli tugashi mumkin edi. Faqat tibbiyot xodimlarining professional yordami qizning hayotini saqlab qoldi”, — dedi shifokor.

Hodisa nafaqat Xitoy, balki butun jahonda ota-onalarga jiddiy saboq bo‘ldi. Chunki bolalarni qo‘rqitish maqsadida yoki uyda ehtiyotsizlik bilan sovut qurollarni ishlatish qayg‘uli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Shubhasiz, qizchaning tirik qolishi mo‘jiza sifatida baholanmoqda. Ayni paytda politsiya va tibbiyot idoralari voqea tafsilotlarini chuqur o‘rganmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?