Tanasiga sanchilgan tayoq bilan 16 kilometr yurib, hayotini saqlab qoldi

Tanasiga sanchilgan tayoq bilan 16 kilometr yurib, hayotini saqlab qoldi

AQSHning Montana shtatida sodir bo‘lgan g‘ayrioddiy hodisa ko‘pchilikni hayratga soldi. 32 yoshli Devid Sifaldi tanasiga trekking tayog‘i sanchilgan holda qariyb 16 kilometr yo‘l bosib, omon qoldi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 20 iyul kuni Devid Sifaldi ikki nafar do‘sti bilan Granit Pik cho‘qqisiga ko‘tarilayotgan vaqtda yuz bergan. Dengiz sathidan taxminan 3,6 ming metr balandlikda u qoyalar ustida muvozanatini yo‘qotib, qo‘lidagi trekking tayog‘i ustiga yiqilgan.

Oqibatda tayoq uning tanasiga bir tomondan kirib, ikkinchi tomondan chiqib ketgan. Shunga qaramay, Sifaldi sarosimaga tushmagan. Chunki u tez tibbiy yordam xodimi sifatida faoliyat yuritadi va olgan bilimlari vaziyatni sovuqqonlik bilan baholashga yordam bergan.

«O‘sha paytda kasbiy tajribam ishga tushdi. O‘zimni tekshirib ko‘rdim va jarohat o‘sha daqiqada hayotim uchun bevosita xavf tug‘dirmayotganini angladim. Shuning uchun tog‘dan o‘z kuchim bilan tushishim mumkinligiga ishondim», dedi u.

Shundan so‘ng amerikalik erkak tanasiga sanchilib qolgan trekking tayog‘i bilan pastga tushishni boshlagan. U qariyb 6,5 soat davomida 16 kilometr masofani bosib o‘tib, qutqaruvchilar hamda tibbiyot xodimlari yetib kelishi mumkin bo‘lgan xavfsiz hududga chiqqan.

Ma’lum qilinishicha, Devid Sifaldi hozirda shifoxonada davolanmoqda. Davolanish xarajatlarini qoplash maqsadida u maxsus mablag‘ yig‘ish kampaniyasini ham yo‘lga qo‘ygan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar