Turkiya Isroil bilan barcha aloqalarni to‘xtatdi, havo hududi yopildi

1 daqiqa o'qish482
Turkiya Isroil bilan barcha aloqalarni to‘xtatdi, havo hududi yopildi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Anqara Isroil bilan barcha iqtisodiy va savdo munosabatlarini to‘liq uzganini, shuningdek, mamlakat havo hududi endi Isroil samolyotlari uchun yopiq bo‘lishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, turk kemalari ham bundan buyon Isroil portlariga kirishi mutlaqo taqiqlanadi.
Parlament yig‘ilishida so‘zga chiqqan vazir keskin bayonot berdi:
— «Isroilning G‘azo sektori, Livan, Yaman, Suriya va Eronga qarata o‘ylanmasdan amalga oshirgan zarbalari butun xalqaro hamjamiyatga qarshi terror hujumi hisoblanadi. Bu harakatlar mintaqa xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda», — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil may oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham G‘azo urushi sabab Isroil bilan savdo munosabatlari to‘xtatilishini e’lon qilgandi.
Rasmiy statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 6,8 milliard dollarga yetgan, undagi ulkan ulush — 75 foizi Turkiya eksportiga to‘g‘ri kelgan. Isroil matbuotida esa oxirgi oylarda turk portlari kema egalaridan Isroilga hech qanday aloqasi yo‘qligi va harbiy yoki xavfli yuklarni olib o‘tmayotgani haqida norasmiy sertifikat talab qila boshlagani haqida xabar qilingan.
Shuningdek, Erdo‘g‘on o‘tgan yilning 13-noyabr kuniyoq Turkiyaning Isroil bilan diplomatik munosabatlari to‘xtatilganini rasman e’lon qilgan edi.
Shu tariqa, Anqaraning yangi qat’iy qadami ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mutlaqo yangicha bosqichga olib chiqdi va mintaqa geosiyosiy vaziyatida katta tahlillarga sabab bo‘lmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?