date

1 million dollarlik yaxta suvga tushirilgach, 15 daqiqadan keyin cho‘kib ketdi

1 million dollarlik yaxta suvga tushirilgach, 15 daqiqadan keyin cho‘kib ketdi

Turkiyaning Zong‘uldak shaxri sohillarida kutilmagan va hayratlanarli hodisa ro‘y berdi. Istanbul shahrida qurilgan va qiymati qariyb 1 million dollarga teng bo‘lgan “Dolce Vento” nomli hashamatli yaxta suvga tushirilgach, 15 daqiqa ichida o‘z muvozanatini yo‘qotib, cho‘kib ketdi. Bu voqea haqida Fox News axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 26 metr uzunlikdagi mazkur yaxta yangi egasiga topshirilgandan so‘ng sinov maqsadida dengizga chiqarilgan. Ammo suvga tushirilganidan ko‘p o‘tmay, kemaning muvozanati buzilib, tezda yon tomoniga og‘ib, cho‘kish jarayoni boshlangan.

Hodisa vaqtida yaxtada kapitan va ikki nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Vaziyat keskinlashganida ular suvga sakrab, qirg‘oqqa chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Ba’zan shunday sinovlar haddan tashqari qiyin vaziyatlarni yuzaga keltirishi mumkin, ammo bu safar barcha ekipaj a’zolari va yaxta egasi hech qanday jarohat olishmagan.

Voqea guvohlari ham yuz bergan holatni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishgan. Turkiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati va port xodimlari tezkorlik bilan hodisa joyiga yetib borib, xavfsizlik va favqulodda chora-tadbirlarni amalga oshirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 1 million dollarlik yaxta suvga tushirilgach, 15 daqiqadan keyin cho‘kib ketdi