date

Germaniyada o‘qituvchi 16 yil ishlamay 6 ming yevro maosh oldi

Germaniyada o‘qituvchi 16 yil ishlamay 6 ming yevro maosh oldi

Germaniyada noodatiy voqea keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerlaridan biri — Vezel shahridagi kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi 16 yil davomida ishga chiqmagan bo‘lsa-da, muntazam ravishda maosh olib kelgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Oddity Central nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘qituvchi ayol 2009 yildan beri rasmiy ravishda kasallik ta’tilida bo‘lgan. U har oy tibbiy ma’lumotnoma taqdim etib turgan va shu orqali hech qanday uzilishsiz ish haqini olib kelgan. Natijada 16 yil davomida unga taxminan 1 million yevro to‘langan. Har oyda o‘rtacha maosh miqdori 6,1 ming yevrodan (salkam 90 million so‘m) oshiq bo‘lgan.

Ushbu holat maktab rahbariyati almashgach oshkor bo‘ldi. Yangi ma’muriyat o‘qituvchining holatini tekshirishga qaror qildi va uni tibbiy ko‘rikdan o‘tishga chorladi. Ammo o‘qituvchi bu qarorni adolatsizlik sifatida baholab, masalani sudga olib chiqdi.

Sud jarayonida o‘qituvchi uzoq yillik kasallik ta’tili orqali olingan haqning qonuniyligini himoya qildi. Biroq sud maktab tomonini qo‘llab-quvvatladi. Sud hukmiga ko‘ra, o‘qituvchi nafaqat ish haqini qaytarishi shart emas, balki 2,5 ming yevro miqdoridagi sud xarajatini ham qoplashi lozim.

Sudya ushbu holatni “tushunarsiz” deb atadi. Chunki o‘qituvchi 16 yil davomida biron marta ham darsga kirmagan, ammo doimiy ravishda yangi tibbiy ma’lumotnoma topshirib kelgan. Shu tariqa u hech qanday to‘siqsiz maosh olishda davom etgan.

Germaniya qonunlariga ko‘ra, o‘qituvchilar davlat xizmatchilariga tenglashtirilgan. Shu bois ular vaqti cheklanmagan kasallik ta’tili huquqiga ega va ushbu muddatda ham to‘liq ish haqi olishlari mumkin. Biroq qonunga ko‘ra, bu davrda boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish qat’iy taqiqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘qituvchi kasallik ta’tilida bo‘lgan davrda tibbiyot sohasiga ixtisoslashgan startap tashkil etgan. Bu esa qonunchilikdagi asosiy talablarni buzish sifatida baholandi. Ana shu holat uning o‘ziga qarshi ishlagan va sudda mag‘lub bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada o‘qituvchi 16 yil ishlamay 6 ming yevro maosh oldi