130 yoshli farg‘onalik onaxon Ginnes kitobiga kirishi mumkin

1 daqiqa o'qish509
130 yoshli farg‘onalik onaxon Ginnes kitobiga kirishi mumkin

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida istiqomat qiluvchi 130 yoshli Huwaydo Umarova (Toshmatova) rasman O‘zbekiston tarixidagi eng yoshi ulug‘ inson sifatida qayd etildi, deya Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vazirlik tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi chog‘ida tumanning “Qoraqum” mahallasida o‘tkazilgan ro‘yxatlarda Huwaydo momoning tug‘ilgan sanasi hujjatlarda qayd etilmagani aniqlangan.

Buvayda tumani Adliya bo‘limi arizasi asosida fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining sayyor majlisida masala ko‘rib chiqildi. Sud qaroriga ko‘ra, Umarova (Toshmatova) Huwaydo 1895 yil 1-yanvarda Buvayda tumanida tug‘ilgani rasman tasdiqlandi.

Shu tariqa, Huwaydo momo hozirda O‘zbekistonda eng yoshi ulug‘ shaxs sifatida tan olindi. Adliya vazirligi ma’lum qilishicha, endi u Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng katta yoshdagi inson sifatida kiritilishi mumkin.

130 yoshli farg‘onalik onaxon Ginnes kitobiga kirishi mumkin

Eslatib o‘tamiz, avval ham Huwaydo momo haqida turli xabarlar tarqalgan, ammo uning yoshini tasdiqlovchi rasmiy hujjat mavjud emas edi. Endi esa sud qarori orqali bu ma’lumot qonuniy kuchga kirdi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.


Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?