Maktabga bormaslik uchun o‘g‘rilik sahnalashtirgan o‘quvchi fosh etildi

1 daqiqa o'qish291
Maktabga bormaslik uchun o‘g‘rilik sahnalashtirgan o‘quvchi fosh etildi

Malayziyada jamoatchilik orasida katta bahslarga sabab bo‘lgan noodatiy holat qayd etildi. Bir maktab o‘quvchisi o‘qishga borishdan qochish uchun o‘zining o‘g‘irlanishi haqida dramatik hikoya to‘qib chiqqan. Bu haqda World of Buzz xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bola va uning otasi politsiyaga murojaat qilib, maktabga yo‘l olgan paytda kimdir uni o‘g‘irlab ketishga uringani haqida ariza yozib berishgan. Ammo tergov jarayoni chog‘ida voqeaning haqiqatga umuman mos kelmasligi, bu barchasi o‘ylab topilgan ssenariy ekani ma’lum bo‘lgan.

Huquq-tartibot organlari bosimi ostida o‘smir tan olishga majbur bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u uyda qolish uchun otasini ishontirish maqsadida ushbu “ssenariy”ni o‘ylab topgan.

“U maktabga borishni xohlamagan, chunki poyabzali mushukning iflosi bilan bulg‘angandir”, — deb izoh berdi politsiya vakillaridan biri.

Hodisa juda jiddiy ko‘rinishiga qaramay, bolaning yoshi va maqomi e’tiborga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi ochilmagan. Shuning o‘rniga, ham bolaga, ham uning otasiga rasmiy va qat’iy ogohlantirish berilgan.

Politsiya rasmiylari jamoatchilikka murojaat qilib, ayniqsa ota-onalarni bolalarga bunday harakatlarning oqibatlarini tushuntirib berishga chaqirdi. Ularga ko‘ra, soxta bayonotlar politsiya resurslarini behuda sarflaydi, qolaversa, voyaga yetmaganlar uchun ham jiddiy huquqiy oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida ham bola o‘g‘irlanishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Ammo hokimiyat va IIBB bu kabi xabarlarni rad etib, hech qanday voqea qayd etilmaganini ma’lum qilgandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?