BMTning mustaqil xalqaro komissiyasi Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini rasman genotsid sifatida e’tirof etdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar berdi.
Komissiya hisobotida qayd etilishicha, Isroil hukumati falastinliklarni guruh sifatida yo‘q qilishga qaratilgan siyosat olib borgan. Xususan, aholining ko‘payish qobiliyatini cheklash uchun turli choralar joriy etilgani, farzand ko‘rish imkoniyatini to‘suvchi usullar qo‘llangani qayd etilgan. Shuningdek, falastinliklarning jismonan yo‘q qilinishiga olib keluvchi og‘ir turmush sharoitlari yaratilgani ta’kidlandi.
Hisobotda bu harakatlar Rim statuti va «Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiya»da belgilangan genotsid belgilariga to‘liq mos kelishi alohida ta’kidlandi.
Komissiyaning asosiy xulosalari quyidagicha:
- Isroil hozirda ham G‘azo sektorida genotsidni davom ettirmoqda va bu harakatlar 1948-yildan beri eng shafqatli bosqichga aylandi;
- mamlakatning siyosiy va harbiy yetakchilari, jumladan bosh vazir Binyamin Netanyahu bu jarayonga ochiq da’vat qilgan;
- Tel-Aviv anklav aholisini himoya qilish va genotsidning oldini olish vazifasini bajara olmagan;
- davlatlar Isroil armiyasining G‘azo va boshqa bosib olingan hududlardagi harakatlarini to‘xtatish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishi zarur.
BMT komissiyasining mazkur hisoboti xalqaro hamjamiyat orasida katta muhokamalarni keltirib chiqardi. Unda aytilishicha, mavjud vaziyat butun mintaqaning kelajagi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar