Hindistonda tiriklayin ko‘milgan chaqaloq topilib, qutqarildi

1 daqiqa o'qish586
Hindistonda tiriklayin ko‘milgan chaqaloq topilib, qutqarildi

Hindistonda yuz bergan jon saqrashga arziydigan voqea butun jamoatchilikni hayajonga soldi. BBC yozganidek, 20 kunlik chaqaloq tiriklayin ko‘milgan holda topilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, chaqaloqni oddiy qo‘yboqar cho‘pon tasodifan topib olgan. U tuproq ostida kelayotgan yig‘ini eshitib, yaqinlashganda yer ostidan chaqaloqning qo‘li ko‘rinib turganini payqagan. Shu zahoti u qishloq aholisini chaqirgan, keyin esa politsiyaga xabar berilgan.

Huquq-tartibot organlari xodimlari bolani qazib olib, darhol shifoxonaga yetkazishgan. Shifokorlar uning ahvoli og‘ir ekanini aytgan: chaqaloq butunlay tuproqqa belangan, og‘zi va burniga qum kirib, nafas olish qiyinlashgan. Uning tanasida hasharot chaqishi, hatto hayvon hujumi izlari ham topilgan.

Bir kecha-kunduz davomida ahvoli biroz yaxshilangani kuzatilgan bo‘lsa-da, keyin infeksiya sabab holati yana yomonlashgan. Tabiblar so‘zlariga ko‘ra: “Prognoz ijobiy emas, lekin biz uni qutqarish uchun bor imkoniyatni ishga solmoqdamiz”.

Hozircha politsiya chaqaloqning ota-onasini topa olmagan, tergov ishlari olib borilmoqda.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, bunday holatlar Hindistonda ko‘pincha o‘g‘il bolaga beriladigan ustunlik bilan bog‘liq. Qiz farzand ayrim oilalarda iqtisodiy yuk sifatida ko‘riladi. Huquq himoyachilari hisob-kitobiga ko‘ra, mamlakatda millionlab qizlar tug‘ilmasidan oldin abort orqali yo‘q qilingan yoki chaqaloq paytida o‘ldirilgan.

Qonunga ko‘ra, bola jinsini tug‘ilmasdan oldin aniqlash taqiqlangan bo‘lsa-da, yashirin klinikalar hali ham ishlayotgani aytiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda ham shunga o‘xshash holat sodir bo‘lgan — muddatidan oldin tug‘ilgan qizaloq sopol idishga solinib, tiriklayin ko‘milgan, ammo vaqtli qutqarib qolingan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?