Kamchatkada 7,8 magnitudali zilzila qo‘rquv uyg‘otdi

1 daqiqa o'qish895
Kamchatkada 7,8 magnitudali zilzila qo‘rquv uyg‘otdi

Kamchatka yarimoroli yana bir bor tabiiy ofat bilan yuzma-yuz keldi. AQSH Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 18 sentyabr kuni Petropavlovsk-Kamchatskiy shahri yaqinida 7,8 magnitudali zilzila qayd etildi. Ofat epitsentri shahardan taxminan 128 kilometr uzoqlikda, okean qa’rida 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Zilziladan keyin Amerika meteorologlari ehtimoliy sunami xavfi haqida ogohlantirish berdi. Shundan so‘ng Kamchatka o‘lkasi gubernatori Vladimir Solodov barcha xizmatlar yuqori tayyorgarlik rejimiga o‘tkazilganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mahalliy seysmologlar magnitudani 7,2 deb baholagan va yarimorolning sharqiy sohilida sunami xavfi e’lon qilingan.

Hozircha qurbonlar yoki katta vayronagarchilik haqida ma’lumot kelib tushmadi. Biroq qutqaruvchilar jamoat binolari va turarjoy uylarini tezkor tarzda ko‘zdan kechirishni boshlagan. Mahalliy aholiga ehtiyot choralariga qat’iy amal qilish tavsiya etilmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, Kamchatka tabiiy seysmik faol hudud bo‘lib, u yerdagi aholi har qanday favqulodda holatga tayyor holda yashashga majbur. Bunday kuchli zilzilalar nafaqat infratuzilmaga xavf tug‘diradi, balki odamlarning ruhiy holatiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

Shu bois mahalliy hokimiyat organlari barcha ehtimoliy xavflarni oldini olish, aholini evakuatsiya qilish va qulay sharoit yaratish uchun barcha choralarni ko‘rayotganini ma’lum qildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?