Oksford va Kembrij 32 yildan keyin uchlikdan chiqdi

1 daqiqa o'qish311
Oksford va Kembrij 32 yildan keyin uchlikdan chiqdi

Buyuk Britaniyada e’lon qilingan Good University Guide 2026 reytingi ilk bor tarixiy voqeaga guvoh bo‘ldi. 32 yil davomida doim yetakchi uchlikda joy olib kelgan Oksford va Kembridj universitetlari bu yil kuchli uchlikdan chiqib ketdi. Bu holat ta’lim dunyosida katta bahs va qiziqish uyg‘otdi.

Yangi yetakchilar

Reytingga ko‘ra, London Iqtisodiyot va Siyosat fanlari maktabi (LSE) ikkinchi yil ketma-ket birinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Uning ortidan Sent-Endryus universiteti ikkinchi, Darem universiteti esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shu bilan, Oksford va Kembridj kuchli to‘rt talikka kirish bilan cheklandi. Ilgari kamida bittasi har doim uchlikdan o‘rin olib kelgani bois bu yilgi natija tarixiy burilish sifatida qayd etildi.

Darem va LSEning yutuqlari

Darem universiteti bu yil “Yil universiteti” deb e’tirof etildi. LSE esa “Akademik samaradorlik bo‘yicha yilning eng yaxshi universiteti” hamda “Rassel guruhi universiteti” nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldi. Bu natijalar mazkur muassasalarning ta’limdagi kuchli salohiyati va samaradorligini yana bir bor namoyon qildi.

Reyting mezonlari

Tuzilgan reytingda ta’lim sifati, talabalar tajribasi, ilmiy izlanishlar darajasi, barqarorlik ko‘rsatkichlari va bitiruvchilarning ishga joylashish imkoniyatlari inobatga olindi. Shu bilan birga, oliygohlar tomonidan taklif etilayotgan qo‘shimcha stipendiyalar, grantlar va talabalar uchun qulay shart-sharoitlar ham muhim mezon sifatida baholandi.

Mutaxassislar fikri

Tahlilchilarga ko‘ra, yetakchi universitetlarga kirish jarayoni yanada raqobatli bo‘lib bormoqda. Shu bilan birga, talabalarni uyga yaqinroq ta’lim olishni tanlashi ayrim universitetlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Bu esa ta’lim tizimida yanada kuchli raqobat va yangi sharoitlarni yuzaga keltirishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?