Londonda Donald Tramp tashrifi munosabati bilan Republican Overseas («Respublikachilar chet elda») tashkiloti tomonidan uyushtirilgan tantanali kechki taom marosimi kutilmagan holda buzilib ketdi. Ekologik faollar — Fossil Free London («Iskopayem yoqilg‘isiz London») harakati a’zolari tadbirga kirib borib, norozilik aksiyasi o‘tkazishdi.
Faollar qo‘llarida «Neft pullari odamlar o‘limiga olib keladi» degan shior yozilgan plakatlar bilan chiqish qildilar. Ular baland ovozda «Burish – halokat! Qancha jon kerak halok?» degan gaplarni baqirib, Trampning neft qazib chiqarishni kengaytirish haqidagi va’dalarini keskin tanqid qilishdi.
Fossil Free London tashkiloti o‘z bayonotida shunday qayd etdi:
«Trampning siyosiy yo‘nalishlari 2050-yilgacha 4 milliard insonning hayotiga zomin bo‘lishi mumkin. Bu esa iqlim falokati ortidan keladigan halokatlar sabab sodir bo‘ladi. U G‘azodagi genotsidni ham qo‘llab-quvvatlayapti. Bu yong‘inlar, toshqinlar, qattiq iqlim o‘zgarishlari va ommaviy ko‘chish degani.
Biz bu prezidentni qo‘llab-quvvatlash uchun bu yerda bo‘lmasligimiz kerak. U faqat fashizm va iqlim halokati yo‘lidan boradi. Bir narsa aniq: bu odam aqldan ozgan.»
Hodisa davomida qo‘riqchilar faollarni kuch ishlatgan holda zaldan chiqarib yuborishdi. Ammo aksiya nafaqat marosim ishtirokchilari, balki keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari orasida ham katta bahs va muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ekspertlar fikricha, ushbu voqea Trampning iqlim siyosatiga nisbatan keskin qarshilik mavjudligini yana bir bor namoyon etdi. Shuningdek, ekologik faollar harakatlari G‘arbiy Yevropada jamoatchilik orasida keng qo‘llab-quvvatlanishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!