date

Fransiya dushanba kuni Falastinni tan olishini e’lon qildi

Fransiya dushanba kuni Falastinni tan olishini e’lon qildi

Fransiya prezidenti Parij BMT Bosh Assambleyasi tadbirlari doirasida dushanba kuni Falastin davlatini rasman tan olishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bu qadam “mintaqadagi kengroq tinchlik tashabbusining bir bo‘lagi” sifatida ko‘riladi.

“Men Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashib, muzokara qildim. Falastin davlatini tan olish XAMASni yakkalashning eng to‘g‘ri yo‘li”, — dedi Makron. Shu bilan birga u Isroilning Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi Falastin yerlarini egallashga intilishini “qizil chiziq” deb ta’rifladi.

Ma’lumot tariqasida: Falastin hozirda BMTga a’zo 148 davlat tomonidan e’tirof etilgan. Jahonning 95 mamlakatida Falastin elchixonalari va doimiy vakolatxonalari ish yuritadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiya dushanba kuni Falastinni tan olishini e’lon qildi