date

Afg‘onistonda ayollar kitoblari taqiqlandi

Afg‘onistonda ayollar kitoblari taqiqlandi

Afg‘oniston universitetlarida ayollar tomonidan yozilgan kitoblar rasman ta’qiqlandi. Bu haqda BBC manbasiga tayanib xabar qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 140 ta ayollar asari “shariat va Tolibon siyosatiga qarshi” deb baholanib, “noma’lum” hisoblangan 679 ta kitob ro‘yxatiga kiritilgan.

Shu bilan birga, oliygohlarda 18 ta kurs, jumladan “Ayollarning muloqotdagi roli”, “Ayollar sotsiologiyasi”, “Gender va taraqqiyot”, inson huquqlari va G‘arb falsafasi kabi yo‘nalishlar ham taqiqlandi.

Tolibon bu qarorlar “din ulamolari va mutaxassislar”dan iborat komissiya orqali qabul qilinganini aytmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil avgustidan buyon Tolibon hokimiyatga qaytgach, mamlakatda ayollar huquqlarini keskin cheklovchi bir qator qonunlar kuchga kirdi. Jumladan, ularga bog‘larga kirish, sport bilan shug‘ullanish, seriallarda ishtirok etish, hatto bir-biri bilan suhbat qurish ham taqiq qilingan.

Shuningdek, ayollar burqa kiyishga majbur etilmoqda, go‘zallik salonlari yopilgan va binolarda deraza o‘rnatish taqiqlangan. Yaqinda esa Tolibon qolgan noqonuniy salonlarni ham faol ravishda yo‘q qilishga kirishgani ma’lum qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda ayollar kitoblari taqiqlandi