Pikassoning 80 yildan beri ko‘rilmagan surati parij auksionga chiqariladi

1 daqiqa o'qish357
Pikassoning 80 yildan beri ko‘rilmagan surati parij auksionga chiqariladi

Ispaniyalik mashhur rassom va haykaltarosh Pablo Pikassoning 80 yildan beri ommaga namoyish qilinmagan asari Parijdagi kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Mazkur asar “Gulli qalpoqli ayol byusti” nomli kartina 1943 yilda Germaniya fashistlari tomonidan ishg‘ol qilingan Parijda yaratilgan. Asar Pikassoning o‘sha davrdagi iltifoti va sevgilisi Dora Maarning portreti hisoblanadi. Dora Maarning so‘nggi topilgan portretini 1944 yilda noma’lum kolleksioner xarid qilgan va o‘shandan beri uning oilasida saqlab kelinmoqda.

San’atshunos olim Anyes Sevestr-Barbe bu asarni “juda katta tarixiy va badiiy ahamiyatga ega tuval” deb ta’riflaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asar 80 yildan ortiq vaqt davomida omma ko‘z oldiga chiqmagan va hech qachon ko‘rgazma yoki kimoshdi savdosida namoyish qilinmagan.

Asar 81x60 sm o‘lchamda bo‘lib, yuqori chap burchakda Pikasso imzosi mavjud. Ushbu nodir kartina 24 oktyabr kuni Parij auksionda sotuvga qo‘yiladi. Boshlang‘ich bahosi 8 million yevro qilib belgilangan bo‘lib, mutaxassislar narxning yanada ko‘tarilishini kutmoqda.

Maar (aslida Genriyetta Teodora Markovich) fransuz syurrealist rassomi va fotografi bo‘lgan. Pikasso bilan romantik munosabatda bo‘lgan Dora Maarning bir necha portretlari yaratilgan: “Dora Maarning portreti”, “Yig‘layotgan ayol” va “Dora Maar mushuk bilan”. Maarning o‘zi bu portretlarning barchasi Pikassoga tegishli ekanini va hech biri haqiqatan Dora Maarga o‘xshamasligini ta’kidlaydi.

Ushbu auksion san’atshunoslar va kolleksionerlar uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan voqea sifatida baholanmoqda va Pikassoning noma’lum asarlari haqidagi qiziqishni yanada oshirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?