Pokistonda 17 yoshli o‘smir PUBG o‘yini tufayli oilasini otib tashladi

1 daqiqa o'qish474
Pokistonda 17 yoshli o‘smir PUBG o‘yini tufayli oilasini otib tashladi

Pokistonda odamning qulog‘iga ishonmaydigan mudhish fojia yuz berdi. Lahor shahrida yashagan Zayn Ali ismli 17 yoshli o‘smir o‘z onasi, akasi va ikki singlisini quroldan otib o‘ldirdi. Ushbu jinoyat ortidan sud uni umrbod qamoq jazosiga mahkum etdi, deb xabar berdi The Independent.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hukm joriy yilning 24 sentyabr kuni Lahor sudida e’lon qilingan. Sudya Riyoz Ahmad Aliga har bir qotillik uchun 25 yildan hisoblanib, jami 100 yil qamoq jazosi tayinladi. Biroq uning yoshini hisobga olib, o‘lim jazosi belgilanmadi.

Sudyaning ta’kidlashicha, Alining butun oilasini shafqatsizlarcha yo‘qotishi sabablaridan biri — uning PUBG onlayn o‘yiniga haddan tashqari berilib ketishi va sog‘lom fikrlashdan uzoqlashishi bo‘lgan. “U o‘yin ta’sirida ruhiy jihatdan izdan chiqqan, o‘sha lahzada voqeaga adekvat baho bera olmagan”, — dedi sudya.

Fojia 2021 yilda sodir bo‘lgan. O‘shanda Ali hamagӣ 14 yoshda edi. U Lahorning gavjum Kaxna tumanida oilasi bilan yashagan va mahalliylarda “PUBG‘ga berilib ketgan o‘smir” sifatida tanilgan. Yaqinlari uni ko‘p hollarda xonasiga yopilib, kechayu kunduz o‘yinga berilib ketishi uchun tanqid qilishardi.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Ali topshiriqlarni bajara olmaganida asabiylashar, hatto tajovuzkor qiyofaga kirib qolardi. Jinoyat sodir bo‘lgan kecha ham shunday bo‘lgan: u o‘yindagi bir missiyani uddalay olmagan va onasi unga qattiq gapirib tashlagan. Buni ko‘tara olmagan o‘smir xonadagi to‘pponchani olib, onasi va singillari uxlayotgan xonaga kirib o‘q uzgan.

Natijada onasi (45 yoshli), akasi Taymur (20 yosh), singillari Maxnur (15 yosh) va Jannat (10 yosh) voqea joyida halok bo‘lishgan. Bu xabar mamlakatda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Jamoatchilik internet o‘yinlarining yoshlar ruhiyatiga salbiy ta’siri haqida yana bir bor jiddiy bahs ochdi.

Sud qarorida aytilishicha, Alining jinoyatida asosiy omil uning o‘yinga qaramligi bo‘lgan. Huquq-tartibot organlari vakillari esa bu kabi holatlar yana takrorlanmasligi uchun ota-onalar farzandlarining virtual hayotini nazorat qilishi shartligini qayd etdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?