Donald Trampning mol-mulki 7,3 milliard dollarga chiqdi

1 daqiqa o'qish529
Donald Trampning mol-mulki 7,3 milliard dollarga chiqdi

Forbes jurnali e’lon qilgan yangi hisobotda Donald Tramp va uning oilasi moliyaviy jihatdan tarixiy natija qayd etgani ma’lum bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp va turmush o‘rtog‘i Melaniya Trampning umumiy boyligi 2024 yil noyabridan beri 3 milliard dollarga oshib, 7,3 milliard dollarga yetdi. Shu bilan u dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatda 118 pog‘ona yuqorilab, 201-o‘rinni egalladi.

Forbes tahlilchilariga ko‘ra, moliyaviy o‘sishning asosiy manbai kriptovalyuta bozoridagi investitsiyalar hisoblanadi. Trampning shaxsiy aktivlari orasida qariyb 2 milliard dollar mana shu yo‘nalishga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, Nyu-York apellyatsiya sudi tomonidan firibgarlik ishi doirasida belgilangan jarimaning bekor qilinishi unga qo‘shimcha 500 million dollar mablag‘ni saqlab qolish imkonini berdi.

Shuningdek, Tramp o‘z brendini poyabzal, soat va atir kabi tovarlarda litsenziyalash orqali yana 400 million dollar daromad orttirgan. Melaniya Tramp esa shaxsiy faoliyati – kitoblari, nutqlari va yaratgan kriptovalyuta loyihasi orqali oilaviy mablag‘ga 200 million dollar qo‘shgan.

Oiladagi boshqa a’zolar ham moliyaviy jihatdan sezilarli yutuqlarga erishgan. Donald Jr. va Erik Tramp American Bitcoin hamda World Liberty Financial kompaniyalarida ulushga egaligi orqali daromadini ancha ko‘paytirgan. Ivanka Trampning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner esa Affinity Partners investitsiya kompaniyasi orqali 4,6 milliard dollardan ziyod mablag‘ jalb qilib, rasman milliarder maqomini qo‘lga kiritgan. U, shuningdek, Trampning ko‘chmas mulklar biznesida 560 million dollarlik ulushga egaligi qayd etilgan.

Ekspertlar fikricha, Tramp oilasining boyligi keskin o‘sishi nafaqat kriptovalyuta bozorining kuchayishi, balki ularning turli biznes yo‘nalishlaridagi faoliyati va brend ta’sirini kuchaytirayotganidan dalolat beradi.

Shu tariqa, Tramp oilasi moliyaviy qudrat jihatidan dunyo elitasi safida mustahkam joy egallab, o‘zining siyosiy va iqtisodiy ta’sirini yanada kengaytirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?