Qozog‘istonda “Qonli yanvar” voqeasida yo‘qolgan qurollar topildi

1 daqiqa o'qish484
Qozog‘istonda “Qonli yanvar” voqeasida yo‘qolgan qurollar topildi

Qozog‘istonda 2022 yil yanvar voqealari bilan bog‘liq tartibsizliklardan keyin yo‘qolgan qurol-yarog‘larning yana bir qismi qo‘lga kiritildi. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma’lumoticha, sentyabr oyi davomida mamlakatning 12 hududida olib borilgan qidiruv ishlari davomida 60 dan ziyod qurol va to‘rt mingdan ortiq o‘q-dori musodara qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tintuvlar Olmaota va Chimkent shaharlarida, shuningdek, Atirau, Jambil, Qarag‘anda, Qizilo‘rda, Turkiston, G‘arbiy Qozog‘iston, Olmaota viloyatlarida, shuningdek Ulitau, Yettisuv va Abay hududlarida amalga oshirilgan.

Topilgan qurollar orasida uchta Kalashnikov avtomati, 16 ta pistolet, 43 ta ov miltig‘i, to‘rtta granata va minglab o‘q-dorilar bor. Shu bilan birga, 2022 yilning yanvar oyida o‘nga yaqin qurolni o‘g‘irlagan shaxslar shaxsi ham aniqlangan. Biroq qo‘mita topilgan qurollarning aniq qayerdan va qanday sharoitda chiqqani haqida ochiq ma’lumot bermadi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi uch yil davomida huquq-tartibot idoralari vaqt-vaqti bilan “Qonli yanvar” voqealari paytida o‘g‘irlangan qurol va o‘q-dorilardan qisman topib kelmoqda. Masalan, shu yilning aprel oyida Ichki ishlar vazirligi bir necha yuzlab qurollarni musodara qilganini ma’lum qilgan, ammo ularning barchasi tartibsizliklar paytida do‘konlardan o‘g‘irlangan qurollar ekanini isbotlay olmagan.

Rasmiy hisobotlarga ko‘ra, 2022 yildan buyon Milliy xavfsizlik qo‘mitasi jami 608 ta qurolni musodara qilgan. Ammo Ichki ishlar vazirligi avvalroq 1700 dan ortiq qurolning taqdiri hanuz noma’lumligini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil yanvar oyida Olmaota va mamlakatning bir qator shaharlarida suyultirilgan gaz narxi oshishi sababli keng ko‘lamli namoyishlar bo‘lib o‘tgan. Olmaotada esa bu chiqishlar qurollangan odamlar ishtirokidagi tartibsizliklarga aylanib, namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasida qattiq to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha fojeali kunlarda 238 kishi halok bo‘lgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?