date

Tramp G‘azo tinchlik rejasini ilgari surdi

Tramp G‘azo tinchlik rejasini ilgari surdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashib, G‘azo urushini tugatishga qaratilgan tinchlik rejasi haqida muzokara o‘tkazdi. Mojaro qariyb ikki yildan beri davom etib, Isroil xalqaro bosim ostida qolmoqda.

Tramp taklif qilgan rejaga ko‘ra, avval o‘t ochishni to‘xtatish, 48 soat ichida barcha garovdagilarni ozod qilish va Isroil qo‘shinlarini G‘azodan bosqichma-bosqich olib chiqish rejalashtirilgan. Shuningdek, Isroil va Falastin o‘rtasida yangi muzokaralar boshlanishi nazarda tutilgan.

Biroq reja yuzasidan kelishmovchiliklar ham bor. Isroil ayrim bandlarga rozi emas, arab davlatlari esa o‘z talablarini ilgari surmoqda. Misr Falastin ma’muriyatining chetga surilmasligi kerakligini aytmoqda, Qatarning ham vositachilikdagi roli muhim bo‘lib qolmoqda.

Tramp kelishuvga ishonch bildirsa-da, tahlilchilar bu jarayon oson bo‘lmasligini aytmoqda. Netanyaxu xalq ichidagi norozilik va siyosiy bosim ostida turibdi. Shunga qaramay, uchrashuv tinchlik yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp G‘azo tinchlik rejasini ilgari surdi