Vyetnamda kuchli to‘fon 36 inson umriga zomin bo‘ldi

1 daqiqa o'qish739
Vyetnamda kuchli to‘fon 36 inson umriga zomin bo‘ldi

Vyetnamda sodir bo‘lgan kuchli to‘fon yurt ahlini og‘ir qayg‘uga soldi. “Bualoi” deb nomlangan to‘fon va uning ortidan kelgan toshqinlar oqibatida 36 nafar inson halok bo‘lgani ma’lum qilindi, deb xabar berdi The Straits Times.

Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘fon 29 sentyabr kuni mamlakatning shimoliy markaziy sohillariga zarba bergan. Kuchli shamol, baland to‘lqinlar va uzluksiz yomg‘irlar ko‘plab hududlarda vayrongarchilikka olib kelgan. Rasmiy hisobotlarga ko‘ra, hozirga qadar 21 kishi bedarak yo‘qolgan, yana 147 nafar fuqaro turli tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yetkazilgan.

Tabiiy ofatning iqtisodiy zarari ham juda katta. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, “Bualoi” to‘foni va suv toshqinlari mamlakat iqtisodiyotiga taxminan 11,5 trillion dong, ya’ni 435,8 million dollar atrofida moddiy ziyon yetkazgan.

Jabr ko‘rgan hududlarda yo‘llar, ko‘plab maktab binolari va davlat idoralari zararlangan. Elektr ta’minotining yo‘qolishi tufayli o‘n minglab oilalar yorug‘liksiz qolgan. Mahalliy matbuot yozishicha, ba’zi viloyatlarda bir necha kundan beri suv sathi pasaymay qolayotgani aholi hayotini yanada qiyinlashtirmoqda.

Rasmiy hisobotlarda 210 mingdan ziyod uyga turli darajada zarar yetgani, ayrimlari esa mutlaqo suv ostida qolib ketgani aytilmoqda. Shuningdek, 51 ming gektardan ziyod qishloq xo‘jaligi yerlari, asosan guruch dalalari va boshqa ekinlar butunlay yo‘q qilingan.

Ofat tufayli minglab oilalar o‘z uylaridan ko‘chirilib, vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilgani ham ma’lum qilindi. Hukumat va qutqaruv xizmati barcha imkoniyatlarni ishga solib, qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda. Shu bilan birga, xalqaro hamkorlik va yordam dasturlari ham ishga tushirilishi mumkinligi aytilmoqda.

Mutaxassislar eslatishicha, Vyetnamda har yili yirik to‘fonlar kuzatiladi va ularning ko‘pchiligi yuzlab insonlar hayotiga xavf soladi. “Bualoi” esa oxirgi yillarda kuzatilgan eng yirik va halokatli tabiiy ofatlardan biri sifatida qayd etilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?