Hindistonda diniy marosimda tiqilinch sabab 10 kishi halok bo‘ldi

1 daqiqa o'qish230
Hindistonda diniy marosimda tiqilinch sabab 10 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Andxra Pradesh shtatida joylashgan Srikakulam shahridagi ibodatxonada diniy marosim paytida yuz bergan tiqilinch butun mamlakatni larzaga soldi, deb xabar berdi Hindustan Times.

Marosimda yuzlab odamlar yig‘ilgani aytilmoqda. Ammo ibodatxonadan chiqish paytida odam oqimi teskari yo‘nalishda harakatlana boshlagan va shiddat bilan kirib kelganlar chiqmoqchi bo‘lganlarni bosib ketgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kamida o‘n nafar inson halok bo‘lgan, ularning ko‘pchiligi ayollar va bolalar ekani qayd etilgan. Yana bir necha kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan, ayrimlarining ahvoli og‘ir.

Hodisa sabablari bo‘yicha tergov boshlangan. Mahalliy hokimiyat va qutqaruv xizmati xodimlari holatni nazoratga olgan.

Hindistonda bunday fojealar so‘nggi yillarda tez-tez kuzatilmoqda. Muttaxassislar bunga odam oqimini to‘g‘ri boshqarmaslik, tor infratuzilma va xavfsizlik qoidalariga yetarlicha amal qilinmasligini sabab sifatida ko‘rsatmoqda.

Fojeadan so‘ng mamlakatda ommaviy yig‘ilishlarda xavfsizlikni kuchaytirish haqida bahslar yana avj oldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?