Kapsula shikastlandi — xitoylik astronavtlar orbitada qolib ketdi

1 daqiqa o'qish322
Kapsula shikastlandi — xitoylik astronavtlar orbitada qolib ketdi

Xitoyning Shenzhou-20 missiyasi doirasida orbitada xizmat qilayotgan uch nafar astronavt Yerga qaytishi kutilganidan kechiktirildi, deb xabar berdi mahalliy ommaviy axborot vositalari.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ularni olib kelish uchun mo‘ljallangan qaytish kapsulasi kosmik chiqindilar bilan to‘qnashgan bo‘lishi mumkin. Shu sababli parvoz boshqaruv markazi xavfsizlikni birinchi o‘ringa qo‘yib, qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazishga qaror qilgan.

Diagnostika jarayonida kapsula yuzasida ehtimoliy shikastlanishlar aniqlanib, issiqlikdan himoya qoplamasi hamda boshqaruv tizimlari qayta tekshirilmoqda.

Tiangong stansiyasida xizmat qilayotgan astronavtlar — Chen Dun, Chen Junjuy va Van Sze — hozircha orbitada qolmoqdalar va o‘z vazifalarini bajarishda davom etmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ularning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavf yo‘q.

Mutahassislar ta’kidlashicha, orbitadagi asosiy muammolardan biri — kosmik chiqindilar hisoblanadi. Ular sputniklar va raketa bo‘laklari, buzilgan qurilmalar qoldiqlari yoki hatto millimetr o‘lchamdagi metall parchalardan iborat bo‘lib, ulkan tezlikda harakat qiladi. Birgina shunday zarba ham kapsulaning muhofaza qoplamasini yorib o‘tishi yoki uning qaytish tizimini ishdan chiqarishi mumkin.

Hozirda muhandislar vaziyatni to‘liq nazoratda ushlab turibdi. Barcha texnik diagnostika yakunlangach, Shenzhou-20 ekipajining Yerga qaytish vaqti aniqlanishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?