date

Qozog‘iston “Ibrohim kelishuvlari”ga qo‘shildi – Tramp bayonoti

Qozog‘iston “Ibrohim kelishuvlari”ga qo‘shildi – Tramp bayonoti

AQSH prezidenti Donald Tramp Qozog‘istonning “Ibrohim kelishuvlari”ga qo‘shilganini ma’lum qildi. Bu haqda u Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari bilan Oq uydagi rasmiy tushlik paytida e’lon qildi.

Ma’lumki, “Ibrohim kelishuvlari” — islom dini ustuvor bo‘lgan mamlakatlar bilan Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va diplomatik aloqalarni normallashtirishga qaratilgan tashabbus hisoblanadi.

Qozog‘iston allaqachon Isroil bilan to‘liq diplomatik va iqtisodiy munosabatlar o‘rnatgan bo‘lsa-da, bu qaror ko‘proq ramziy ahamiyat kasb etadi.

Trampning ta’kidlashicha, uchrashuvda u Qozog‘iston prezidenti To‘qayev hamda yana to‘rtta Markaziy Osiyo davlati rahbarlari bilan suhbatlashgan. Bu muloqot AQSHning mintaqaga bo‘lgan ta’sirini kuchaytirish va Rossiya hamda Xitoy ta’siri ortib borayotgan bir paytda o‘z mavqeini mustahkamlash harakatlari doirasida amalga oshirilgani qayd etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston “Ibrohim kelishuvlari”ga qo‘shildi – Tramp bayonoti