
Filippin janubida 8 nafar baliqchi qaroqchilar hujumi qurboni bo‘ldi. Bu haqda mamlakat qirg‘oq himoyasi vakili Armand Balilo ma’lum qildi, deya xabar beradi «Daryo».
Bortida 15 kishi bo‘lgan baliqchilik kemasiga Filippinning Zamboanga yarim oroli yaqinida 5 kishidan iborat qurollangan guruh hujum qildi.
Ular baliqchilarga qarata o‘t ochdi. Buning oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi yaralandi, ikki kishi omon qoldi. Biz hujumni qaroqchilar uyushtirgan deb hisoblaymiz, jangarilar garov puli undirish uchun odamlarni asirlikka olgan bo‘lardi.
Armand Balilo, Filippin qirg‘oq himoyasi vakili
Armand Balilo, Filippin qirg‘oq himoyasi vakili
Hujum qilgan guruh yashirinishga ulgurdi, ularni qidirishga kemalar jo‘natildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing